Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hafta boshida harorat biroz tushadi

Hafta boshida harorat biroz tushadi

Foto: Xabar.uz

O‘zgidromet 29-31 iyulga ob-havo prognozini taqdim etdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, 29 iyulda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

30-31 iyulda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29 iyulda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 29 iyulda 20-25°, 30-31 iyulda 18-23°, kunduzi 29 iyulda 28-33°, 30-31 iyulda 34-39° gacha ko‘tariladi.

Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi. yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29 iyulda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Harorat kechasi 29 iyulda 20-25°, 30-31 iyulda 18-23°, kunduzi 29 iyulda 28-33°, 30-31 iyulda 34-39° gacha ko‘tariladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, 29-30 iyulda ayrim joylarda ba’zida 20-23 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 29-30 iyulda 25-30°, 31 iyulda 22-37°,kunduzi 29 iyulda 34-39°, 30 iyulda 36-41°, 31 iyulda 36-41° bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29-30 iyulda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 29 iyulda 36-41°, 30-31 iyulda 34-39° bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29-30 iyulda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Harorat kechasi 25-30°, kunduzi 29 iyulda 38-43°, ba’zi joylarda 45° gacha, 30-31iyulda 36-41° bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 29-30 iyulda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 29 iyulda 36-41°, 30-31 iyulda 34-39° bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 14-19°, kunduzi 29-30 iyulda 27-32°, 31 iyulda 24-39° gacha bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring