Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kuzning birinchi oyida kutiladigan ob-havo ma’lumoti

Kuzning birinchi oyida kutiladigan ob-havo ma’lumoti

Foto: Xabar.uz

Bu yil sentyabr oyi qanday bo‘ladi? Gidrometeorologiya xizmati prognozni taqdim etdi. 

Oyning birinchi o‘n kunligida qulay harorat fonida quruq ob-havo hukm surishi kutilmoqda.

Kechasi va erta tongda 12-17 daraja haroratda tetiklantiruvchi salqinlik seziladi, kunduzi esa quyosh nurlari havoni 28-33 darajagacha, ba’zi joylarda 35 darajagacha isitadi. O‘n kunlikning ikkinchi yarmida 24-27 darajagacha qisqa muddatga pasayishi mumkin.

Keyinchalik, sentyabr oyining oxirigacha pastroq fonda harorat kechalari
13-18 darajadan 7-12 darajagacha, kunduz kunlari 28-33 darajadan 20-25 darajagacha o‘zgarib turishi kutilmoqda.

Oyning uchinchi o‘n kunligining ayrim kunlarida qisqa muddatli yomg‘irlar yog‘ishi mumkin.

Sentyabr – kuzining birinchi oyi, ammo O‘zbekistonda ob-havo sharoitiga ko‘ra, ko‘pincha yozga o‘xshaydi.

Ko‘p yillik kuzatuv ma’lumotlariga ko‘ra, respublika hududining katta qismida oyning birinchi yarmida o‘rtacha kunduzgi harorat 30-33 darajani, oyning ikkinchi yarmida 26-29 darajani tashkil etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring