Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

G‘am-g‘ussadan qayga qochasan?

G‘am-g‘ussadan qayga qochasan?

Hayotda azob-uqubat va g‘am-g‘ussadan qutulib bo‘lmaydi. Xo‘sh, qayga qochib ketish mumkin, axir? Umr yo‘lida aziyat va alamlarning duch kelishi muqarrar. Bu holatlarning barchasiga astoydil iqror bo‘lsangiz, muvaffaqiyatsizliklar tufayli yuzaga kelgan zarbalardan o‘zingizni tezgina o‘nglab olasiz.

Afsus-nadomat chekish mutlaqo foydali bo‘lib tuyulishi ehtimoldan xoli emas. U yashovchan xulq-atvor sifatida tafakkurni yakson etishi va qalbingizga mo‘minlik ato etishi mumkin. Afsuslanish yurak, aql uchun go‘yoki malham-dori, u ko‘pgina to‘siqlarni, insonlar o‘rtasidagi ulkan ma’naviy kuchlarni, unda yashirin turganiga qaramasdan, ayamay yakson etadi. Bu holatni qadimgi greklar yaxshi bilishgan, shu bois ular teatr sahnalarida tragediyalarni namoyish etib, tomoshabinlar ko‘ngliga tozalovchi ta’sir ko‘rsatganlar.

Kuchli fe’l-atvor bamisoli oliy navli po‘latga o‘xshaydi, chunki po‘lat ko‘p martalik qizish va sovishga chidaydi. U qancha yuk ortilsa-da sinmaydi, balki yanada mustahkamlanadi. Aynan shu davrda, biz chuqur aziyat chekkan paytimizda Oliy Aql o‘zimizni ko‘z oldimizda namoyon etadi. Ana shunda ibodat yanada ta’sirchan, tassalli beruvchi va yangi ruhiy kuch bag‘ishlovchi vosita bo‘lib qoladi. Biz faqat chekkan azoblarimiz tufayligina har kunlik hayot baxsh etuvchi baxt-saodat teranligini baholay olishimiz, qadriga yetishimiz mumkin.

Dard-alam ham buyuk yaratuvchi kuch bo‘lib, bunda insonning turmush tarzi o‘zgaradi. Uning ta’siri tufayli gunohkorlar ruhoniylarga, aroqxo‘rlar esa butunlay hushyor kishilarga, manmanlik va takabburlikka giriftor kimsalar esa halim va yuvosh bo‘lib qolishga ehtiyoj sezadilar. Kimki sevimli insonidan ajralib aziyat cheksa, ko‘pincha boshqalarga yordam beradigan odamga aylanadi va xuddi shunday vaziyatga tushganlarga ko‘maklashadi.

Yaratgan Egam insoniylik xislatini zakovat rivojining eng oliy darajasiga ko‘tardi va donishmandlik ila aziyat chekish imkoniyatini barobar taqsimladi, biz uni aql bilan tasarruf etishimizni ta’minladi. Ashaddiy qotillar va jinoyatchilar yuksak aql-zakovatga ega bo‘lishi mumkin. Ammo ular aziyat chekish qobiliyatidan mahrum, ularda xuddi shu narsa yetishmaydi.

Agar siz azoblanish qobiliyatiga ega bo‘lsangiz, boshqa juda ko‘plab qobiliyatlar bilan mukofotlangan bo‘lasiz. Faqat bitta sharti shuki, bu azob-uqubatlarni o‘z-o‘zingizga rahmingiz kelishi, achinish manbai sifatida emas, xuddiki yaxshi ibrat kabi qabul qiling.

Ko‘pgina buyuk asarlar, fan va sanoat arboblarining juda katta azob-uqubatlarining yakuniy natijasi sifatida yuzaga kelgan. Qayg‘u, bu ─ yaxshigina ibrat maktabi bo‘lib, odamlarning o‘sishiga yordam beradi. G‘am-g‘ussa odamlarni birlashtiradi va bir-birlarini tushunish ruhining vujudga kelishiga ko‘maklashadi. Angliyada ikkinchi jahon urushi davrida, bizning mamlakatimizda esa umumiy tanazzul davrida ana shunday holatlar ro‘y bergan edi.

Siz g‘am-alam, aziyatlar tubida buyuk matonat kuchi va ishonchni ilg‘aysiz va kundalik sinovlar hamda qiyinchiliklarni bemalol yenga olasiz. Hatto, vasvasani yengib, o‘z-o‘ziga achinish darajasiga yetishingiz mumkin. Albatta, boshqa kimdir sizga nisbatan pushaymonlik tuyg‘usini ko‘proq boshidan kechirish sabablariga ega bo‘ladi. Siz uning dard-alamni mardlik bilan qarshi olib, yengishiga yordam berar ekansiz, g‘am-g‘ussangiz boshqa kishilarga qo‘ygan mehr nurlari ostida tarqalib ketganini his etasiz.

G‘am-alam ham xuddi mag‘lubiyat kabi o‘zida teng ravishda quvonch, shodlik alomatlarini qamrab oladi. Bu alomatni axtaring, rivoj topishiga yordam bering va o‘zingizning aziyatlaringizni tantanaga aylantiring.

(Napoleon Xill kitobidan)

 

 

 

 

 

 

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring