Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eng qimmat osh — Toshkentda (statistika)

Eng qimmat osh — Toshkentda (statistika)

Foto: Xabar.uz

Statistika agentligi hududlardagi osh markazlarida sotilayotgan palovning o‘rtacha narxlarini (2024-yil iyul oyi uchun) e’lon qildi.

1 porsiya oshning o‘rtacha narxi:

Qoraqalpog‘iston R. — 24 300 so‘m

Andijon viloyati — 25 800 so‘m

Buxoro viloyati — 29 000 so‘m

Jizzax viloyati — 26 100 so‘m

Qashqadaryo viloyati — 28 100 so‘m

Navoiy viloyati — 24 600 so‘m

Namangan viloyati — 20 000 so‘m

Samarqand viloyati — 27 800 so‘m

Surxondaryo viloyati — 27 100 so‘m

Sirdaryo viloyati — 23 600 so‘m

Toshkent viloyati — 25 700 so‘m

Farg‘ona viloyati — 23 800 so‘m

Xorazm viloyati — 28 300 so‘m

Toshkent shahri — 30 400 so‘m

Narxlarni ro‘yxatga oluvchi tomonidan kuzatuv o‘tkazilgan kun va vaqtdagi narx-navo qayd etilib, bunda vaqt va joyiga qarab narxlar o‘zgarib turadi. Mazkur ma’lumotlarning shakllanishi jarayonida faqatgina tanlab olingan umumiy ovqatlanish muassasalari (Osh markazlari)dagi palovning o‘rtacha narxlari hisobga olingan bo‘lib, restoran va choyxonalardagi narxlar inobatga olinmagan.

Palov narxlarini ro‘yxatga olish uchun umumiy ovqatlanish muassasalari tanlovi har yili yanvar oyida yangilanadi. Narxlar o‘zgarishini obyektiv baholash maqsadida yangi kuzatilgan obyektning o‘tgan davr uchun narx darajasi ham qayd etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring