Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Davlat o‘zi bermagan hayotni olishga haqqi yo‘q» — deputat o‘lim jazosi tiklanishiga qarshi chiqdi

«Davlat o‘zi bermagan hayotni olishga haqqi yo‘q» — deputat o‘lim jazosi tiklanishiga qarshi chiqdi

«Milliy tiklanish» partiyasi lideri Alisher Qodirov kecha, 10 iyul kuni Toshkent shahri Yashnobod tumanida sodir bo‘lgan vahshiy qotillik «ishi»ga o‘z munosabatini bildirib, bu turdagi jinoyatni sodir etganlarning «yashamasligi kerak»ligini ta’kidlagandi.

Begunoh go‘dakning umriga zomin bo‘lgan kimsalarning yashashga haqqi yo‘q, deya bildirilgan iddao «o‘lim jazosini tiklash kerak» degandek gap. Bir qarashda adolatli va maqbul yechimdek ko‘rinadigan ushbu taklifga mutlaqo qo‘shilmayman, deya munosabat bildirdi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari Odiljon Tojiyev.

Deputat buning sababini quyidagicha izohladi:

Birinchidan, o‘lim jazosi ehtimoliy noxolis o‘tkazilgan tergov yoki noto‘g‘ri chiqarilgan hukm ta’sirida jazolangan begunoh insonning hayoti butunlay yo‘qotilishiga olib kelishi mumkin.

Tarix tirik guvoh. Sud qarori qanchalik adolatli ko‘rinmasin, yillar o‘tib jinoyatchi aslida umuman boshqa shaxs bo‘lganligi aniqlangan keyslar juda ko‘p. Misol uchun kannibal Chikatilo. Uning qotilligi deb boshqa inson o‘lim jazosiga hukm qilingan.

Ikkinchidan, o‘lim jazosi jinoyatchilik darajasiga ta’sir ko‘rsatmaydi.

Jinoyatlardan tiyib turadigan samarali vositalardan biri jazoning shafqatsizligida emas, muqarrarligida namoyon bo‘ladi.

Qolaversa, o‘zga bir insonning umriga nuqta qo‘yishga sababchi bo‘lgan qotilga o‘lim jazosini bersak,  o‘sha vahshiy kimsadan farqimiz qolmaydi.

Davlat o‘zi bermagan hayotni olishga haqqi yo‘q, deb o‘ylayman. Yashash bu tabiiy huquq!

O‘lim jazosini tiklash kerak deganlarga Konstitutsiya kitobini sovg‘a qilish kerak, qayd etadi Odiljon Tojiyev.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring