Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

9-fevral kuni ba’zi hududlarda yomg‘ir va qor yog‘adi

9-fevral kuni ba’zi hududlarda yomg‘ir va qor yog‘adi

Foto: Xabar.uz

Bugun kunduzi kunning birinchi yarmida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 5-10° iliq, shimolda 0-5° sovuq bo‘ladi.

Poytaxtimizda kunning birinchi yarmida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 8-10° iliq bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda  qor yogadi,  tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring