Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Salvadorda kuchli yog‘ingarchilik qurbonlari soni 19 nafarga yetdi

Salvadorda kuchli yog‘ingarchilik qurbonlari soni 19 nafarga yetdi

Markaziy Amerikaning Salvador mamlakatida kuzatilayotgan kuchli yog‘ingarchiliklar oqibatida halok bo‘lganlar soni 19 nafarga yetdi. Bu haqda Associated Press xabar berdi.

Aniqlik kiritilishicha, kuchli yomg‘ir va suv toshqinlari oqibatida ikki bola va to‘rt nafar katta yoshli kishi uy bosib qolib jon bergan. Avvalroq 11 nafar katta yoshli va 3 nafar voyaga yetmagan shaxsning halok bo‘lgani aytilgandi.

Mamlakatda ob-havo xavfining qizil darajasi e’lon qilingan. Salvador kongressi mamlakatning butun hududi bo‘ylab 15 kunlik favqulodda vaziyat joriy qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring