Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Toshkentda elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari asossiz o‘chirilayotgani»ga oydinlik kiritildi

«Toshkentda elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari asossiz o‘chirilayotgani»ga oydinlik kiritildi

Foto: Energetika vazirligi

Energetika vazirligida elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalarida yuzaga kelayotgan muammoli masalalarni o‘rganishga bag‘ishlangan muloqot bo‘lib o‘tdi.

Energetika vaziri o‘rinbosari Umid Mamadaminov boshchiligida o‘tkazilgan mazkur uchrashuvda vazirlik xodimlari, Bosh prokuratura, «O‘zenergoinspeksiya», Kadastr agentligi, «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ, «Yashil energiya» MChJ va Toshkent shahar hokimligining tegishli mutasaddilari, shuningdek, «Tok Bor», «Megawatt Energy», «GreenTE», «Q.Watt», «TezTok», «Mustang Energy», «Voltauto», «EBB Charging» hamda «Spectre Energy» kompaniyalari rahbarlari ishtirok etdi.

Vazirlik matbuot xizmatiga ko‘ra, qizg‘in bahs-munozaralarga boy tarzda kechgan uchrashuvda so‘nggi paytlarda ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda «Toshkentda elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari asossiz o‘chirib qo‘yilmoqda» qabilida tarqalgan turli shov-shuvlarga oydinlik kiritib olingan. Subiste’molchi sifatida aholiga xizmat ko‘rsatib kelayotgan kompaniyalar o‘zlari duch kelgan muammolar haqida gapirib berishgan. Tegishli mutasaddilarning bu boradagi izohlari tinglangan.

Muloqotda Energetika vazirligi quvvatlash stansiyalarini tarmoqdan uzish bo‘yicha topshiriq bermaganini yana bir karra ta’kidlagan. Shu bilan birga, tadbirkorlardan ham energetika sohasiga taalluqli qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartiblarga rioya qilib faoliyat yuritishlari so‘ralgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring