Shavkat Mirziyoyev raisligida birinchi yarim yillik yakunlari bo‘yicha yig‘ilish boshlandi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash yuzasidan birinchi yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar va kelgusi vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.
Tahlillar ko‘rsatishicha, 2024-yilning birinchi olti oyida yalpi ichki mahsulot 6,4 foizga ko‘paydi, sanoat — 7,8 foizga, qurilish — 10,1 foizga, xizmatlar — 12,9 foizga, qishloq xo‘jaligi — 3,8 foizga o‘sdi.
Budjet daromadlari ham 113 trillion so‘mga yetib, 14 foizga o‘sdi.
Umuman, yil boshidan buyon respublikada yaratilgan qo‘shilgan qiymat 567,4 trillion so‘mga yetdi. Bu — o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 94 trillion so‘mga ko‘p.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter