Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiya va O‘zbekiston o‘zaro savdo hajmini uch baravarga oshirmoqchi

Rossiya va O‘zbekiston o‘zaro savdo hajmini uch baravarga oshirmoqchi

Foto: Mir24.TV

Rossiya va O‘zbekiston tovar aylanmasini yiliga 30 mlrd dollargacha, ya’ni hozirgiga nisbatan uch baravarga oshirmoqchi. RIA Novosti RF iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikovning so‘zlarini keltirmoqda.

«O‘n milliardlik [долларлик] raqamga erishdik. Bir qarashda yaxshi natija. Ammo mamlakatlarimiz yetakchilari o‘rtasidagi [яхши] munosabatlar bizni doim olg‘a intilishga undaydi», — dedi Reshetnikov.

Vazirning ta’kidlashicha, bugungi kunda O‘zbekiston Rossiya iqtisodiyotini harakatlantiruvchi kuchlardan biriga aylangan.

2023-yilda Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida tovar ayirboshlash hajmi $9,88 mlrd.ni tashkil etgan. Yillik kesimda 5,4 foizlik o‘sish qayd etilgan. 2024-yilning yanvar — iyun oylarida ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar aylanmasi yillik nisbatda 29,5 foizga o‘sib, $5,75 mlrd.ga yetgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring