Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tarmoq va hududlar yil boshidan buyon 8,7 milliard dollarlik mahsulotini chetga sotdi.

Tarmoq va hududlar yil boshidan buyon 8,7 milliard dollarlik mahsulotini chetga sotdi.

Vazirlik, idoralar va hokimliklarning Kooperatsiya portalidagi ishtiroki yetarli emasligi qayd etildi. 63 mingta mahalliy korxonadan atigi 5 foizi mahsulotini portalga chiqarmoqda.

Mutasaddilarga yil yakuniga qadar barcha hududiy sanoat korxonalarini portalga to‘liq ulash topshirildi. Mahalliy mahsulotlar uchun 520 ta milliy standartni ishlab chiqish zarurligi ta’kidlandi.

Eksport masalalari tahlil qilinar ekan, tarmoq va hududlar yil boshidan 8,7 milliard dollarlik mahsulotini chetga sotgani ta’kidlandi. Lekin 9 ta tumanda eksport o‘tgan yilgi ko‘rsatkichning yarmiga ham yetmagan.

Yana bir masala — xorijiy davlatlar ichki bozorini himoya qilish uchun ko‘plab tarif va notarif to‘siqlarni belgilamoqda. Tashqi ishlar vazirligi va boshqa manfaatdor idoralarga ushbu to‘siqlarni yumshatish yuzasidan muzokara o‘tkazib, kelishuvga erishish topshirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring