Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Vasiylik yoki homiylik qanday holatlarda belgilanadi?

Vasiylik yoki homiylik qanday holatlarda belgilanadi?

Vasiylik yoki homiylik qanday hollarda belgilanadi

Qonunchilikka ko‘ra, vasiylik yoki homiylik yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga quyidagi hollarda belgilanadi:

- ota-onasi vafot etganda yoki sud tomonidan vafot etgan deb e’lon qilinganda;

- ota-onasi sud qarori bilan ota-onalik huquqidan mahrum etilganda yoki ularning ota-onalik huquqi cheklanganda;

- ota-onasi ikki oydan ortiq kasal bo‘lishi oqibatida o‘zlarining ota-onalik majburiyatlarini bajara olmaganda;

- ota-onasi sud qarori bilan muomalaga layoqatsiz deb topilganda;

- ota-onasi bedarak yo‘qolganda;

- ota-onasi bolalarni tarbiyalash yoki ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan bo‘yin tovlaganda, shu jumladan, ota-ona tarbiya, davolash muassasalari, tibbiy-ijtimoiy muassasalar va shunga o‘xshash muassasalardan bolasini olishdan bosh tortganda, shuningdek, boshqa zarur hollarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring