Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qoraqalpog‘iston va Andijonda yer olib berishni va’da qilganlar ushlandi

Qoraqalpog‘iston va Andijonda yer olib berishni va’da qilganlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Taxtako‘pir tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.P. fuqaro A.K.ning ishonchiga kirib, qalbaki hujjatlar asosida rasmiylashtirilgan Nukus shahri hududidagi 3,6 sotix yer uchastkasini 170 mln so‘mga sotishga kelishib, ushbu pullarni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Andijon tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda fuqaro N.N. fuqaro X.A.ga «U.D.» qo‘shma korxonasiga ajratilgan yer maydonining 4 sotixini go‘yoki kadastr bo‘limida ishlovchi tanishlari orqali 10 500 AQSh dollari evaziga turar joy sifatida rasmiylashtirib berishini aytib, ushbu pullar hisobidan 5 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring