Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yodgor Sa’diyev «Shaytanat» tasvirga olingan kamerani sovg‘a qilmoqchi

Yodgor Sa’diyev «Shaytanat» tasvirga olingan kamerani sovg‘a qilmoqchi

Ayni paytda xizmat safari bilan Qoraqalpog‘istonda bo‘lib turgan madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov «Vazir va yoshlar» loyihasi doirasida 200 nafarga yaqin mahalliy yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Vazir va yoshlar uchrashuvi norasmiy formatda boshlandi hamda yoshlarga ushbu tadbir «bir-birlarini eshitish uchun muloqot maydoni ekani» aytildi.

Tadbirda qoraqalpoq yoshlari orasida, jumladan, o‘quvchisining tanlovda ishtirokini taminlash uchun halovatidan kechganlari, ko‘ngilli ravishda teatr jamoasini tuzib, tomoshalari bilan odamlar ko‘nglidan joy olganlari uchradi.

Murodjon Jumaboyev esa talaba bo‘lishiga qaramay serial olishga qo‘l urgan. U suratga olgan «Arbekash» seriali bozolarda aravakashlik qiladigan yigitlarning mehnati va qo‘lga kiritgan yutuqlari haqida. M.Jumaboyev ko‘p qismli film suratga olishi uchun sharoit va mablag‘ yo‘qligini aytarkan, dastlabki ikki seriyasini hashar yo‘li bilan olinganini bildirdi. Ammo har qanday qiyinchilikka qaramay Murodjon serialni davom ettirib, yoshlarning hayotga bo‘lgan qiziqishini orttirmoqchi.

Madaniyat vaziri Murodjon bilan muloqotdan so‘ng u suratga olayotgan serial uchun 100 mln so‘m ajratishga, Toshkentdagi taniqli aktyorlarni ham rol o‘ynash uchun jalb qilishga va’da berdi.

Yodgor Sa’diyev esa mashhur «Shaytanat» serialini suratga olishda ishlatilgan kamerani Madaniyat institutiga sovg‘a qilishini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, vazir Ozodbek Nazarbekov xizmat safari bilan Qoraqalpog‘istonda 22-23-yanvar kunlari bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring