Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zmilliybank» AJ mijozlarni hushyorlikka chorlaydi

«O‘zmilliybank» AJ mijozlarni hushyorlikka chorlaydi

So‘nggi paytlarda kiberfiribgarlar tomonidan o‘zlarini O‘zmilliybankning «Mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi» xodimlari sifatida tanishtirib, fuqarolardan shaxsiy ma’lumotlarini so‘rash va bu savollarga javob olingach, mijozlarning hisob raqamlaridagi mavjud mablag‘larni o‘zlashtirish holatlari kuzatilmoqda.

«O‘zmilliybank» AJ mijozlarni hushyorlikka chaqirgan holda, bankda «Mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi» mavjud emasligi (shunga o‘xshash «Mijozlarga xizmat ko‘rsatish markazi» mavjud) asosiysi, bank xodimlari tomonidan ularga tegishli bo‘lgan shaxsiy ma’lumotlar hamda telefon xabarnomasiga kelgan kodni so‘rab murojaat etmasligini ma’lum qiladi.

Agarda firibgarlar tomonidan xuddi shunday o‘zini bank xodimi sifatida ishonchli tarzda tanishtirib, fuqaroga oid bo‘lgan ma’lumotlarni so‘rash va yuborilgan kodni aytish bo‘yicha talab qo‘yiladigan bo‘lsa, mijozlar ushbu holatga oydinlik kiritish uchun bankning rasmiy veb saytiga yoki ishonch raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishlari hamda firibgarlar aldovini fosh etishlari mumkin.

Fuqarolar har qanday holatda ham shaxsiy ma’lumotlarini uchinchi shaxsga oshkor etmasliklari ularni firibgarlar tuzog‘idan xalos etadi.

Shunday ekan, bu borada hushyor va ogoh bo‘lishingizni so‘rab qolamiz.

Murojaat uchun:

Saytwww.nbu.uz
Telegramhttps://t.me/nbu_official
Facebookhttps://www.facebook.com/uznbu
Instagramhttps://www.instagram.com/nbu.official/

Aloqa markazi:📞 1344 Ishonch tyelyefoni: ☎️ (78) 147-15-04

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring