«Maktab o‘quvchisini olib ketmoqchi bo‘lgan ayol» haqida rasmiy ma’lumot berildi
![«Maktab o‘quvchisini olib ketmoqchi bo‘lgan ayol» haqida rasmiy ma’lumot berildi](https://static.xabaruz.com/crop/2/9/920__95_2978178962.jpg)
Ijtimoiy tarmoqlarda begona ayol maktab o‘quvchisining qo‘lidan ushlamoqchiligi aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB quyidagilarni ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 10 fevral kuni taxminan soat 14.00 larda Bektemir tumani, Bilol Nozim ko‘chasida joylashgan bekat oldida, 1990 yilda tug‘ilgan, muntazam ravishda ruhiy-asab kasalliklari dispanserida davolanib turuvchi R.Ch., o‘ziga begona bo‘lgan maktab o‘quvchisini oldiga kelib muloqotga kirishgan. Shubhali ko‘ringan ayol mahalla fuqarolarini ko‘rib, ketib qolgan. Ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ayol ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Tekshiruv yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter