Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorazmda 27 yashar ayol bedarak yo‘qoldi

Xorazmda 27 yashar ayol bedarak yo‘qoldi

Xorazmda 27 yashar ayol bedarak yo‘qoldi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi. 

Yangibozor tumani Iftixor mahallasida yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan, O‘razboyeva Mahbuba Azimboy qizi joriy yilning 27 iyul kuni soat 09:00 larda yashash uyidan noma’lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo‘qolganligi sababli qidirilmoqda.

Shu kuni uning egnida oq-sariq chiziqli ayollar ko‘ylagi, oyog‘ida ayollar tuflisi, qo‘lida kiyimlar solingan ayollar sumkasi bo‘lgan.

M.O‘razbayevaning belgilari: bo‘yi 160-165 sm, sochi, qoshi va ko‘zlari qora, o‘ng qulog‘ida ortiqchasi bor.

M.O‘razbayevani xozirgi kunda qayerda ekanligi to‘g‘risidagi ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslardan ichki ishlar organlariga 102; 99 237 12 32; 99 115 36 09 raqamli telefonlar orqali xabar berishlarini so‘raymiz, deyiladi IIB xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring