Xorazm: bemorlarga tekshiruvdan o‘tmagan tibbiy asboblarda xizmat ko‘rsatilgan

Texnik jihatdan tartibga solish nspeksiyasining Xorazm viloyati inspektorlari tomonidan «Shovot tuman tibbiyot birlashmasi»da davlat nazorati o‘tkazildi.
O‘tkazilgan davlat nazorati natijasida, Tibbiyot birlashmasida jami 271-dona o‘lchov vositalari metrologik tekshiruvdan o‘tmagan holda bemorlarga davolash va tashxis qo‘yishda tibbiy xizmat ko‘rsatib kelayotganligi aniqlandi.
Bu bilan, O‘zbekiston Respublikasi «Metrologiya to‘g‘risida»gi Qonunining 16-moddasi talabi buzilgan.
Bundan tashqari dori vositalarining saqlash sharoitlariga rioya qilinmagan. O‘zbekiston Respublikasi «Dori vositalarining xavfsizligi to‘g‘risida»gi umumiy texnik reglament UzTR.365-009:2016ning 6-bob talablari buzilgan.
Tekshiruv yakunida tibbiyot birlashmasi mas’ullariga ma’muriy chora ko‘rildi va 271 dona tibbiy uskunalardan va o‘lchash vositalaridan foydalanishni taqiqlash bo‘yicha ko‘rsatma chiqarildi.
Ma’lumot o‘rnida, o‘lchash vositasi — o‘lchashlar uchun foydalaniladigan va normalangan metrologik xususiyatlarga ega bo‘lgan texnika vosita hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter