Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada o‘zbekistonlik ishchilar zaharlanishdi: bittasi jon berdi

Rossiyada o‘zbekistonlik ishchilar zaharlanishdi: bittasi jon berdi

Foto: «Mash»

Moskvada ishchilar uchun mo‘ljallangan yotoqxonada muhojirlar zaharlanishdi. Bir kishi vafot etdi, uch kishi shifoxonaga yotqizildi. Hodisa haqida Mash Telegram kanali xabar bermoqda.

Chet ellik ishchilar uchun mo‘ljallangan, mashinalarni yuvish uchun jihozlangan mehmonxona egasi o‘zbekistonliklarni hushidan ketgan holda topgan. U yerga mehmonlardan birining chaqirig‘idan so‘ng yetib kelgan. Muhojir qo‘ng‘iroq qilib, o‘zlarini yomon his qilayotganini aytishga ulgurgan. Hech kim eshikni ochavermagach, egasi buzib kirishga majbur bo‘lgan.

Tez yordam yetib kelib, uchtasining hayotini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi, lekin bittasini qutqarib qolish imkoni bo‘lmadi. Xalos bo‘lganlarning ahvoli og‘ir, ular shifoxonada. Xonada na bo‘sh shisha, na oziq-ovqat topilgan.

Muhojirlar yotoqxonaga giyohvand modda ta’sirida kelib, hushidan ketganligi aytilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring