Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Polshaga yuboraman deb pullarni «yeb ketgan» shaxs qamoqdan qutuldi

Polshaga yuboraman deb pullarni «yeb ketgan» shaxs qamoqdan qutuldi

Foto: Xabar.uz

Polsha davlatiga ishga yuborishni va’da berib, fuqarolarning pullarini o‘z ehtiyojiga sarflagan shaxs «aybini yuvib», qamoq jazosidan qutildi.

Bu haqda «Xabar.uz»ga Buxoro viloyati sudisudyasi Nozimjon Jo‘rayev ma’lum qilmoqda.

Ta’kidlanishicha, «S.G. G.» MChJ rahbari A.S.  o‘zi tashkil qilgan firma orqali fuqarolarni xorish davlatiga ishga jo‘natish vaji bilan ularga tegishli bo‘lgan pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab kelgan.

2021-yil oktyabr oyidan buyon  R.G. va S.J.larning ishonchini suiiste’mol qilib, ularga Polsha davlatiga viza rasmiylashtirib berib, ishga yuborishni va’da qilgan va ishontirish maqsadida soxta shartnomalar tuzgan.

Har ikki fuqaro nomidan Yeva Sokolovskaya nomiga «Kapitalbank» tomonidan berilgan plastik kartaga ularning 10.000.000 so‘m miqdoridagi pullarini ko‘chirib olishga erishgan. So‘ngra ularga Polsha davlati kompaniyasidan taklifnoma yuborilgani to‘g‘risida soxta hujjatlarni taqdim etgan. Aslida,  ushbu pullarni o‘zining ehtiyoji uchun ishlatib, jabrlanuvchilarga moddiy zarar yetkazgan va firibgarlik jinoyatini sodir qilgan.

«Oradan qariyb, ikki yil o‘tishiga qaramay, A.S. bizni Polsha davlatiga ishga jo‘natmadi. O‘zini olib qochib, turli bahonalarni ro‘kach qila boshladi. Shundan so‘ng biz, tegishli tashkilotlarga murojaat qilishga majbur bo‘ldik»,-deyishdi fuqarolar.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro tuman sudining hukmiga ko‘ra, A.S.ning hatti-harakatlari o‘rganilib, unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik), 3-qismi, «b» bandi qo‘llanilgan va 3 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlangan.

Sudlanuvchi A.S. apellyasiya instansiyasiga shikoyat bilan murojaat qilib, jabrlanuvchilarga yetkazilgan 10.000.000 so‘m zararni qoplab, o‘ziga nisbatan yengilroq jazo tayinlashni so‘ragan.

Buxoro viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyasiya instansiyasi ajrimi bilan jabrlanuvchilarga yetkazilgan zararni to‘liq qoplab bergan aybdorga tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish jazosi axloq tuzatish ishlari jazosiga o‘zgartirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring