Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘t o‘chirish mashinasi va Lacetti o‘rtasida YTH sodir bo‘ldi

O‘t o‘chirish mashinasi va Lacetti o‘rtasida YTH sodir bo‘ldi

Bugun, 11 iyul kuni soat 16:30 larda Shayxontohur tumani Alisher Navoiy ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Qayd etilishicha, Olmazor tumani Muhokama ko‘chasidagi uyda yong‘in sodir bo‘layotgani yuzasidan kelib tushgan xabarga ko‘ra, chaqiriqqa asosan manzil tomon harakatlanib ketayotgan ISUZU rusumli yong‘in qutqaruv maxsus transport vositasi hamda 2001 yilda tug‘ilgan S.F. boshqaruvidagi Lacetti rusumli avtomashinalari ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.

YTH oqibatida Lacetti haydovchisiga tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring