Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kuchli shamol tufayli Qoraqalpog‘iston va Toshkentda elektr o‘chdi

Kuchli shamol tufayli Qoraqalpog‘iston va Toshkentda elektr o‘chdi

O‘zbekistonning ayrim hududlarida kuzatilgan kuchli shamol natijasida elektr tarmoqlarida uzilishlar yuz berdi.

Soat 19:00 holatiga Qoraqalpog‘iston Respublikasida kuchli shamol va yomg‘ir tufayli ayrim elektr qurilmalarda nosozlik yuzaga kelgan.

Buning natijasida Beruniy, Amudaryo, Chimboy, Qo‘ng‘irot va Kegeyli tumanlari iste’molchilari qisman (jami 3 750 ta) elektr ta’minotidan uzilgan.

Shuningdek, soat 19:48 da Toshkent shahridagi 35 kVli «L-P-Yu-2» kabel tarmog‘ida qisqa tutashuv sodir bo‘lgan.

Buning natijasida Chilonzor va Yakkasaroy tumanlari iste’molchilari qisman (jami 1 250 ta) elektr ta’minotidan uzilgan.

Hozirgi vaqtda ushbu nosozliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda. Nosozliklar qisqa vaqt ichida bartaraf etiladi va iste’molchilarning elektr ta’minoti qayta tiklanadi, deyiladi Energetika vazirligi xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring