Shavkat Mirziyoyev BMT minbarida o‘zbek tilida nutq so‘zlaydi
Ushbu xabar bugunning eng e’tiborli yangiligi bo‘lib turibdi. Yangilik saytlari, ijtimoiy tarmoqlar va xorij matbuoti ham bunga e’tibor qaratdi.
Aslida turli xalqlarning ona tilida gapirish huquqini BMT doim himoya qilib va rag‘batlantirib keladi. Chunki ko‘pmillatli va ko‘ptilli dunyo – bu muvozanatli, toqatli, ko‘pfikrli va ochiq dunyodir. Millat uning tilida gaplashuvchilar mavjud bo‘lgandagina yashaydi.
BMT minbaridan istalgan millat tilida gapirish mumkin, faqat delegatsiya nutqning BMT rasmiy tillariga og‘zaki va yozma tarjimasini ta’minlab berishi kerak.
Oxirgi yillarda BMT minbaridan ona tilida so‘zlangan nutqlarga yorqin misol sifatida Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning, Gruziya bosh vaziri Mamuka Baxtadzening nutqlari keltiriladi.
Shaxsan men uchun, BMTda ona tilida nutq so‘zlagan liderlar bu bilan ham o‘z xarakteri va irodasini ko‘rsatgan siyosiy shaxslar bo‘lib ko‘rinadi.
Indinga ilk bor O‘zbekiston prezidenti BMT minbarida o‘zbek tilida nutq so‘zlaydi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning kutilayotgan nutqi shu jihati bilanoq o‘zbek xalqi uchun tarixiy voqea bo‘lishi tayin.
Зарегистрируйтесь, чтобы оставлять комментарии
Вход
Заходите через социальные сети
FacebookTwitter