Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zelenskiyga ehtimoliy suiqasdning tafsilotlari oshkor bo‘ldi

Zelenskiyga ehtimoliy suiqasdning tafsilotlari oshkor bo‘ldi

Ukraina xavfsizlik xizmati prezident Zelenskiyga suiqasd uyushtirishda Rossiya maxsus xizmatlariga yordam bermoqchi bo‘lgan polshalik hibsga olinganini e’lon qildi.

UXX ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina huquq-tartibot idoralari xodimlari Polsha huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda prezident Zelenskiyga suiqasd uyushtirishda Rossiya razvedka xizmatlariga yordam taklif qilganlikda gumon qilingan Polsha fuqarosini qo‘lga oldi.

«Ukrainskaya pravda» Bosh prokuratura va UXXga asoslanib yozganidek, tergov ma’lumotlariga ko‘ra, gumonlanuvchi, o‘z tashabbusi bilan Rossiya Qurolli Kuchlari qo‘mondonligi vakillari bilan aloqaga chiqqan va ularga Rossiya harbiy razvedkasi foydasiga ishlashga tayyorligini ma’lum qilgan.

Uning vazifalariga Rossiya razvedkasiga Polshaga boradigan Zelenskiyning hayotiga suiqasd qilish ehtimolini rejalashtirishda yordam berish uchun Polshaning Rzeshov-Yasionka aeroportida xavfsizlik ma’lumotlarini yig‘ish va uzatish kiradi.

UXX zobitlari va Ukraina prokurorlari polshalik hamkasblarini suiqasd ehtimoli haqida xabardor qilishdi va ularga bu ish bo‘yicha asosiy dalillarni taqdim etishdi. Ukraina va Polsha o‘rtasida xalqaro huquqiy yordam doirasida tezkor ma’lumot almashinuvi tufayli gumondor shaxs aniqlanib, Polsha hududida qo‘lga olingan.

Polsha prokuraturasi uni vaqtincha hibsga olish tarzidagi ehtiyot chorasi bilan xorijiy razvedka xizmati foydasiga harakat qilishga tayyorlikda aybladi.

Tergov Polsha milliy prokuraturasi nazorati ostida ichki xavfsizlik agentligi tomonidan olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring