Yaponiyada chet ellik ishchilar soni rekord darajada ko‘paydi
![Yaponiyada chet ellik ishchilar soni rekord darajada ko‘paydi](https://static.xabaruz.com/crop/2/0/920__95_2044234450.png)
Yaponiyada 2024-yilda rekord darajada ko‘p sonli chet ellik ishchilar ro‘yxatga olindi. Sog‘liqni saqlash, qurilish va ijtimoiy xizmatlarda, ayniqsa, kadrlar yetishmasligi yaqqol sezilmoqda.
Mamlakat hukumati taqdim etgan statistikaga ko‘ra, o‘tgan yili Yaponiyada xorijdan kelib ishlovchilar soni 2,3 mln nafardan oshgan. 12 yildirki, ushbu ko‘rsatkich tinmay oshmoqda.
Chet eldan kelib ishlovchilarning har to‘rtinchisi yoki 570 708 kishi — vetnamlik. Ikkinchi o‘rinda xitoyliklar — 408 805 kishi, uchinchi o‘rinda filippinliklar — 245 565 kishi. Myanma, Indoneziya va Shri-Lankadan keluvchi ishchilar soni ham yildan-yilga oshib boryapti.
Yaponiya hukumati chet ellik ishchilarning ko‘payganini mamlakatda ishchi kuchi yetishmasligi bilan izohladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter