Yaponiya sohillarida 5,7 magnitudali zilzila qayd etildi
Yaponiyaning Idzu orollari sohilida (Tinch okeani) 5,7 magnitudali zilzila qayd etildi. Bu haqda AQSh geologiya xizmati (USGS) xabar berdi.
Yer osti silkinishlari soat 21.02 da (bizning vaqt bilan 02:02 da) sodir bo‘lgan. Zilzila o‘chog‘i suv tubidan 10 kilometr chuqurlikda joylashgan.
Zilzila oqibatida jabrlanganlar va boshqa talafotlar haqida xabar kelib tushmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter