Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

OAV: Isroilga Eron hujumi borasida xabar yetib keldi

OAV: Isroilga Eron hujumi borasida xabar yetib keldi

Eron hukumati Vengriya orqali Isroilni hujum qilish niyatidan ogohlantirdi. Bu haqda Jerusalim Post gazetasi Isroil tashqi ishlar vaziri Israel Katsga tayanib yozmoqda.

Gazetaning yozishicha, Eronning bu xabari Vengriya tashqi ishlar vaziri Petr Siyyarto orqali Isroilga yetkazilgan. U isroillik hamkasbiga qo‘ng‘iroq qilgan. 

«Eron bizga, Isroilga hujum qilish niyatida ekanini aytdi. ...Dunyo Erondan har qanday tajovuzkor harakatlari uchun tovon talab qilishi kerak», - deya ta’kidladi Kats.

Avvalroq Siyyarto Yaqin Sharqdagi inqiroz Isroil va Eron o‘rtasidagi urushga aylanib ketishi mumkinligini aytgan edi. Diplomat Yaqin Sharq mintaqasida keng ko‘lamli urushning oldini olishni muhim deb atadi.

Eslatib o‘tamiz, Eron HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Xaniya o‘limi uchun Isroil javob berishini aytgan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring