Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukrainada rossiyalik jurnalistlar og‘ir jarohatlandi, ular komada ekani aytilmoqda

Ukrainada rossiyalik jurnalistlar og‘ir jarohatlandi, ular komada ekani aytilmoqda

Ukrainaning Rossiya tomonidan egallangan hududlarida jurnalistlar og‘ir jarohat oldi. 

«Golmovskiy qishlog‘ida (Gorlovkaning Nikitovskiy tumani) Aleksey Ivliyev va yana ikki NTV xodimi og‘ir jarohat oldi. Jabrlanganlar Gorlovka shifoxonasiga yetkazildi», — dedi Gorlovka hokimi Ivan Prixodko.

Gorlovka Donetsk viloyatining Rossiya tomonidan bosib olingan qismida joylashgan.

Gorlovkada yaralangan NTV jurnalistlari komada va hozir operatsiya xonasida, deb yozadi «TASS».

NTV telekompaniyasi bu ma’lumotni o‘zining telegram-kanalida tafsilotlarni ko‘rsatmasdan turib tasdiqladi,.

Ivliyev NTV telekanalida 1993 yildan beri ishlaydi va muxbir sifatida u bir necha marta qaynoq mojaro nuqtalarda bo‘lgan. Jurnalist Ukrainadagi urushni Rossiya propagandasi pozitsiyasidan yoritib keladi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring