O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari o‘zaro muloqot o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-dekabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.
Ikki tomonlama kun tartibidagi hamda mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
Xavfsizlikka tahdid va xatarlarga qarshi kurashni kuchaytirish maqsadida ikki mamlakat maxsus xizmatlari o‘rtasidagi yaqin va samarali hamkorlikni davom ettirish muhimligi qayd etildi.
Kreml xabariga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlari Kimyoviy, radiatsiyaviy va biologik mudofaa qo‘shinlari boshlig‘i general-leytenant Igor Kirillov va uning yordamchisi Ilya Polikarpovning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, generalning o‘limida O‘zbekiston fuqarosi gumonlanib, ushlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter