Trampning bayonotidan so‘ng Daniya Grenlandiya uchun mudofaa xarajatlarini oshirdi
Donald Tramp Grenlandiyani sotib olmoqchi ekanligini aytganidan so‘ng Daniya o‘ziga qarashli ushbu orol uchun mudofaa xarajatlarini oshirdi.
Mudofaa vaziri Troels Lund Poulsen mamlakat hukumati buning uchun kamida 1,5 mlrd dollar ajratishini ma’lum qildi.
Bu pullarga ikkita yangi nazorat kemasi, ikkita uzoq masofali uchuvchisiz qurilma sotib olinadi hamda itlar qo‘shilgan chanalardan iborat qo‘shimcha ikkita jamoa tuziladi. Shuningdek, Grenlandiyadagi fuqarolik aeroportlaridan biri F-35 qiruvchi samolyotlariga xizmat ko‘rsatishga moslashtiriladi, dedi vazir.
BBC yozishicha, Grenlandiyada mudofaa xarajatlarini oshirish — anchadan buyon ko‘rilayotgan masala, shu bois uni Trampga bevosita javob deb qabul qilmaslik kerak.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter