Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Trampning «asal oyi» yoki Ukraina nizosini hal qilish uchun 100 kun

Trampning «asal oyi» yoki Ukraina nizosini hal qilish uchun 100 kun

Foto: Jim LoScalzo/CNP/Global Look Press

AQSh prezidenti Donald Tramp Ukraina urushini 100 kun ichida, ya’ni o‘z siyosiy raqiblari eng kam qarshilik ko‘rsatadigan davrda hal etmoqchi. Harbiy fanlar akademiyasi muxbir-a’zosi Sergey Sudakov RT bilan suhbatda shunday dedi.

Sudakovning aytishicha, Amerikada bir an’ana bor, unga ko‘ra, lavozimida ish boshlagan prezident uchun «100 kunlik asal oyi» boshlanadi. Bu davrda tomonlar (prezident va uning raqiblari) bir-birlariga «tashlanmaydi». Bu tashqi siyosiy masalalarni hal etish uchun eng yaxshi payt, chunki davlatning yangi rahbariga xalaqit berishmaydi va u emin-erkinroq harakat qiladi.

Biroq 100 kun bunday rejalar uchun yetarli bo‘lmasligi mumkin. Ukraina urushini to‘xtatish Tramp uchun muhim, biroq markaziy vazifa emas, dedi Sudakov.

«U saylovda yutish uchun shunday qildiki, bu bosh mavzuga aylandi. Bugun esa — Xitoy, tariflar, — bunisi butunlay boshqa o‘yin. Tramp tarif siyosatini kiritgan Teodor Ruzveltga o‘xshamoqchi, uning uchun iqtisodiyot ustun», — xulosa qildi ekspert.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring