Tramp bilan birga ovqatlanish necha pulga tushishi ma’lum qilindi

AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uning Mar-a-Lago qarorgohida yakkama-yakka o‘tirib ovqatlanish (kechki ovqat) 5 mln dollarga tushadi. Wired portali bu haqda o‘z manbalariga asoslanib xabar berdi.
Shuning barobarida, Tramp bilan kechki ovqatda ko‘pchilik bo‘lib qatnashilsa, kishi boshiga 1 mln dollardan to‘lash kerak bo‘ladi, qo‘shimcha qildi nashr.
Ta’kidlanishicha, taklif juda cheklangan, kamiga Tramp bilan «ovqatlanish chiptasi»ni qo‘lga kiritish uchun «jonli navbat»da turish lozim.
Eslatib o‘tamiz, Tramp inauguratsiyasi oldidan AQSh milliy galereyasida tashkil etilgan ziyofat chiptasi narxi 200 mln dollardan oshib ketgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter