Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Singapurda 16 xil hasharotni yeyishga ruxsat berildi

Singapurda 16 xil hasharotni yeyishga ruxsat berildi

Foto: Zerkalo.io

Singapur oziq-ovqat agentligi (SFA) 16 xil hasharotni ovqat sifatida iste’mol qilishga ruxsat berdi. Ular orasida chigirtka, un mitasi, asalari, ipak qurti, kuya va bir necha xil qo‘ng‘iz turlari bor.

«SFA muvofiqlashtiruvchi organlar tomonidan taqiqlanmagan hasharotlar va ulardan ishlab chiqarilgan mahsulotlar importiga ruxsat berdi. Bu hasharotlar odamlar yoki oziq-ovqat ishlab chiqariladigan hayvonlar tomonidan yeyilishi mumkin», — deyiladi agentlik taqdim etgan hujjatda.

Hasharotlarning «yovvoyi tabiatdan yig‘ib olinishi»ga ruxsat berilmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring