Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shveysariya ko‘llari tubida minglab tonna bomba yotibdi

Shveysariya ko‘llari tubida minglab tonna bomba yotibdi

Noyshatel ko‘li.

Foto: Travelalone

Shveysariya harbiylari uzoq yillardan buyon, eng xavfsiz chora hisoblab, eskirgan o‘q-dorilarni ko‘llarga cho‘ktirib, utilizatsiya qilib kelgan.

Birgina Lyusern ko‘li tubida taxminan 3,3 ming tonna bomba bor, mamlakat harbiy havo kuchlari 2021-yilgacha bomba tashlashni mashq qilib kelgan Noyshatel ko‘lida bu raqam 4,5 ming tonnagachani tashkil qiladi.

Ayrim o‘q-dorilar 150–220 metrgacha chuqurlikda bo‘lsa, ayrimlari suv yuzasidan atigi 6-7 metr pastda yotibdi.

Endi Shveysariya mudofaa vazirligi yillar davomida yig‘ilgan bombalarni qanday qilib bexavf yig‘ishtirib olish ustida bosh qotirmoqda. Shu bois tanlov e’lon qilinib, bombalarni ko‘ldan chiqarib olish uchun eng yaxshi g‘oyaga 50 ming frank (58 ming dollar atrofida) mukofot berishmoqchi. Mukofot puli uchta eng yaxshi g‘oya o‘rtasida taqsimlanadi.

Biroq bombalarni chiqarib olishga milliardlab mablag‘ ketishi kutilyapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring