Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiya uch tonnali bombasini Ukrainadagi urushda sinovdan o‘tkazdi

Rossiya uch tonnali bombasini Ukrainadagi urushda sinovdan o‘tkazdi

Videodan skrinshot

Rossiya armiyasi Ukrainadagi urushda boshqarish va korreksiyalash moduliga ega uch tonnali FAB-3000 aviabombasini birinchi marta qo‘lladi. Bu haqda Bild nashri jurnalisti Yulian Repke X ijtimoiy tarmog‘i orqali xabar berdi.

Aytilishicha, bomba Xarkov viloyatidagi Lipsi qishlog‘iga tashlangan. Rossiya uchuvchisiz qurilmasi olgan videotasvirda bombaning tashlanishi va uning ortidan katta portlash yuz berganini ko‘rish mumkin.

Ushbu axborotga Rossiya mudofaa vazirligi rasmiy munosabat bildirgani yo‘q.

2024-yil martida RF mudofaa vazirligi uch tonnali fugasli aviabombalarni seriyali tarzda chiqarish boshlanganini e’lon qilgandi. Harbiy ekspert Aleksey Leonkovga ko‘ra, ulkan vayronkor kuchga ega FAB-3000 mustahkam mudofaalangan ob’yektlarga hujum qilishga mo‘ljallangan. Unda qo‘llanilgan yangi texnologiyalar nishonni yuqori aniqlikda yo‘q qilish imkonini beradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring