Zelenskiy Ukraina sobiq prezidentiga qarshi sanksiyalarni tasdiqladi
![Zelenskiy Ukraina sobiq prezidentiga qarshi sanksiyalarni tasdiqladi](https://static.xabaruz.com/crop/1/3/920__95_1336165793.jpg)
Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi sobiq prezident Pyotr Poroshenkoga qarshi shaxsiy sanksiyalar joriy qildi. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘z farmoni bilan ularni tasdiqladi.
Ular aktivlarni muzlatish, savdo operatsiyalarini taqiqlash, davlat mukofotlaridan mahrum qilish va boshqa choralarni nazarda tutadi (jami 17 ta).
Shuningdek, tadbirkor Igor Kolomoyskiy va uning sobiq sherigi Gennadiy Bogolyubov, tadbirkor va sobiq deputat Konstantin Jevago va Rossiyada bo‘lgan siyosatchi Viktor Medvedchukga nisbatan ham sanksiyalar joriy etilgan.
«Biz mamlakatimizni himoya qilmoqdamiz va adolatni tiklaymiz: Ukraina milliy xavfsizligini buzgan va Rossiyaga yordam bergan har bir kishi javobgarlikka tortilishi kerak», dedi Vladimir Zelenskiy bir kun avval sanksiyalarni e’lon qilar ekan.
Avvalroq Poroshenko sanksiyalar tayyorlanayotganidan xabardor ekanligini ma’lum qilgandi. U ularni siyosiy motivli va noqonuniy deb atadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter