Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ruandadagi prezident saylovida amaldagi davlat rahbari 99,15 foiz ovoz to‘pladi.

Ruandadagi prezident saylovida amaldagi davlat rahbari 99,15 foiz ovoz to‘pladi.

Foto: RBK

Ruandaning amaldagi prezidenti Pol Kagame davlat rahbarligi uchun o‘tkazilgan saylovda, varaqalarning 79 foizi sanab bo‘lingach, 99,15 foiz (7,1 mln) ovoz to‘pladi.

Uning raqiblari — yashillar yetakchisi Frenk Xabineza va mustaqil nomzod tegishli ravishda 0,53 va 0,32 foizdan ovoz to‘plagan.

Ruandada 15-iyul kuni umummilliy saylovlar bo‘lib o‘tdi. Shu kuni prezidentdan tashqari, deputatlar palatasi a’zolari ham saylangan.

Pol Kagame

Ma’lumot uchun: Pol Kagame — 66 yoshda, Ruanda tarixidagi 8-prezident, 2000-yildan buyon ushbu lavozimda o‘tiribdi. Navbatdagi saylovdan so‘ng u Ruandani kamida 2029-yilgacha boshqaradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring