Rossiyalik deputat Qora dengiz nomini o‘zgartirishni taklif qildi
Saratov oblasti dumasi deputati Denis Bulanov Qora dengiz nomini «Russkoye» (Rus dengizi) deb o‘zgartirish taklifni kiritdi.
Emishki, «O‘tkinchi yillar qissasi»da XIV–XVI asrlarda Qora dengiz Rus dengizi deb aytilganmish.
Tashabbus Federal davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va kartografiya xizmatiga yo‘llangani aytilmoqda. Taklifni qabul qilishsa, xarita va darsliklarda yangi nom paydo bo‘ladi, deb yozdi The Wall Street Jurnal telegram-kanali.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter