Rossiyada yuk va yo‘lovchi poyezdlari to‘qnashib ketdi
Rossiyaning Murmansk viloyatida yo‘lovchi va yuk poyezdi to‘qnashib ketdi.
Sankt-Peterburgdan Murmanskga ketayotgan ikki qavatli poyezd yuk poyezdiga borib urilgan, deb xabar berdi «Rossiya temir yo‘llari» matbuot xizmati.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, uchta yo‘lovchi poyezdi va yuk vagonlari relsdan chiqib ketgan.
«Moskva vaqti bilan soat 16:15 da «Knyajaya» stansiyasiga yetib kelganida, Murmansk – Sankt-Peterburg yo‘nalishidagi 11-sonli yo‘lovchi poyezdi yuk poyezdi vagonlari bilan to‘qnashib ketdi», — deyiladi xabarda.
Yo‘lovchi poyezdida 326 nafar yo‘lovchi bor. Hozirda voqea joyiga favqulodda xizmatlar yuborilgan. Jabrlanganlar haqidagi ma’lumotlarga aniqlik kiritilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter