Rossiyadagi ayanchli YTHda 5 nafar yurtdoshimiz halok bo‘ldi
Bugun, 17 dekabr kuni tongda Rossiyaning Ulyanovsk viloyatidan o‘tadigan federal trassaning 209-kilometrida O‘zbekiston fuqarolari ishtirokida YTH sodir bo‘ldi.
Ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan Cobalt avtomobili MAZ yuk avtomobili bilan to‘qnashgan. Yo‘l transport hodisasi oqibatida 5 nafar O‘zbekiston fuqarosi — 1977 yilda tug‘ilgan A.A., 1988 yilda tug‘ilgan J.I., 1975 yilda tug‘ilgan K.S., 2004 yilda tug‘ilgan K.A. va 1977 yilda tug‘ilgan B.O. halok bo‘lgan.
Qozon shahridagi O‘zbekiston Bosh konsulxonasi xabariga ko‘ra, hozirda halok bo‘lganlarni jasadlarni qaytarish ishlarini amalga oshirish choralari ko‘rilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter