Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiyada yangi vazirlik tuzish taklif etildi

Rossiyada yangi vazirlik tuzish taklif etildi

Foto: RIA Novosti

Rossiyada samaradorlik vazirligi yoki davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish vazirligini tashkil etish taklif etildi. Bu haqda «Izvestiya» gazetasi «Avanti» ishbilarmonlik vatanparvarligini rivojlantirish bo‘yicha tadbirkorlar assotsiatsiyasi rahbari Rahmon Yansukov Rossiya bosh vaziri Mixail Mushustinga yo‘llagan xatga asoslanib xabar berdi.

Xatda ta’kidlanishicha, Rossiya iqtisodiyoti G‘arb sanksiyalari bilan bog‘liq muammolarga to‘qnashmoqda. Federal davlat dasturlari va ko‘plab ijtimoiy majburiyatlar tufayli mamlakat budjeti bosim ostida. Bundan tashqari, ayrim amaldorlar isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymoqda. Shu bois budjet xarajatlari samaradorligi birinchi darajali ahamiyatga ega.

Tadbirkorlarning fikricha, budjet xarajatlarini optimallashtirishning eng ma’qul choralaridan biri maxsus federal ijro etuvchi organ — samaradorlik vazirligi yoki davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish vazirligini tashkil etishdir.

Yangi vazirlik davlat boshqaruv jarayonlarini soddalashtirish, qog‘ozbozlikka qarshi kurashish, bir-birini takrorlovchi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni o‘rganib ularni qisqartirish, federal agentliklarni qayta tuzish va xarajatlarni kamaytirish kabi vazifalarni bajaradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring