Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

OAV: Rossiya Suriyaning yangi hukumati bilan kelishuvga erishdi

OAV: Rossiya Suriyaning yangi hukumati bilan kelishuvga erishdi

Foto: Euronews.

Bloomberg agentligi Rossiya va Yaqin Sharqdagi xabardor manbalariga tayanib, Rossiya hukumati Suriyada hokimiyat tepasiga kelgan isyonchilar bilan deyarli kelishuvga erishganini yozmoqda.

Kelishuv Rossiyaning Suriyadagi ikkita harbiy bazasini saqlab qolish bilan bog‘liq. Gap Tartus portidagi baza va Xmeymim aviabazasi haqida bormoqda. Ikki tomonlama kelishuvga ko‘ra, Rossiya bu bazalardan 2066-yilgacha foydalanishi mumkin.

Agentlik manbalariga ko‘ra, Rossiya harbiylari ushbu ob’yektlarda qoladi. Biroq, bu davom etayotgan beqarorlik tufayli o‘zgarishi mumkin. Bloomberg bu ma’lumotni Suriyaning yangi hukumati bilan tasdiqlay olmadi, Kreml esa hozircha so‘rovga javob bermadi.

Bir necha kun oldin Davlat Dumasining Mudofaa bo‘yicha qo‘mitasi raisi Andrey Kartapolov Rossiya hokimiyatga kelgan va «Hayat Tahrir ash-Shom» guruhi yetakchiligidagi muxolifat kuchlari bilan muloqot o‘rnatishga harakat qilayotganini aytgandi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Xmeymim va Tartusdagi Rossiya harbiy bazalari masalasini mamlakatda yangi hokimiyat tepasiga kelganlar bilan muhokama qilish kerakligini aytgan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring