Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ramzan Qodirov Rossiyada migratsiya siyosati qattiqlashayotganini qoraladi

Ramzan Qodirov Rossiyada migratsiya siyosati qattiqlashayotganini qoraladi

Foto: 24.kg

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Rossiyada migratsiya siyosati qattiqlashayotganini qoralab, «betartib inkvizitsiya» deb atadi.

«Balki migratsiya siyosatini o‘zgartirish kerakdir, ammo mahalliy bo‘lmagan odam borki tutib ketilaveradigan bunday jirkanch tarzda emas. Hech qanday vaj-sababsiz ushlashmoqda, ayniqsa, oxirgi paytlarda shafqatsizlik har qanday chegaradan chiqib ketdi», — deb yozdi Ramzan Qodirov telegram-kanalida.

Qodirovning fikricha, migratsiya muammosi o‘z vakolatlari doirasida shu ish bilan shug‘ullanuvchi va har qanday keskinlashib borayotgan jarayonlarga zudlik bilan yechim topishi kerak bo‘lgan shaxslarning loqaydligi tufayli yuzaga kelgan. U boshqa mamlakatlar fuqarolarini «betartib inkvizitsiya»ga tortmaslikka chaqirdi.

«O‘rta asrlarga xos bu vositalardan voz kechib, masalaga aniqroq yechim topishga chaqiraman. Bir narsani tushunib olish muhim, migrantlar orasida qonunbuzarlar ham, qonunga itoat etuvchilar ham bor. Darvoqe, keyingilari ancha ko‘p», — dedi u.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring