Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bir umrga qamalgan sobiq senator Ramzan Qodirovdan kechirim so‘radi

Bir umrga qamalgan sobiq senator Ramzan Qodirovdan kechirim so‘radi

Foto: Meduza LIVE

Qorachoy-Cherkasiya sobiq senatori, qotillik uchun bir umrga qamalgan Rauf Arashukov Ramzan Qodirovdan kechirim so‘rab, undan yordam berishni iltimos qildi.

Kechirim so‘ralgan post Arashukovning instagramida joylandi.

Qodirovni «aziz birodar» deb atagan sobiq senator Checheniston rahbarining jahlini chiqaradigan «biron ishni hech qachon atayin qilmaganini» aytdi. «Biroq bu meni va xatolarimni oqlash uchun asos bo‘lolmaydi... Alloh haqqi meni kechirishni so‘rayman», — deb yozdi Arashukov.

U shuningdek yuzaga kelgan vaziyatda oilasiga yordam berishni Qodirovdan so‘ragan.

Arashukov qaysi xatolarni nazarda tutgan, unga aynan qanday yordam kerak, noma’lum.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring