Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qirg‘iziston fuqarolarini Rossiya borasida ogohlantirdi

Qirg‘iziston fuqarolarini Rossiya borasida ogohlantirdi

Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi fuqarolarga Rossiyaga sayohat qilishdan vaqtincha voz kechishni tavsiya qilmoqda, deb xabar qildi vazirlik matbuot xizmati.

«Rossiya hududida joriy etilgan qo‘shimcha xavfsizlik choralari va chet el fuqarolarining davlat chegarasi orqali o‘tishi ustidan nazorat kuchaytirilgan rejim davom etayotgani munosabati bilan Qirg‘iziston fuqarolariga uzrli sabablarga ega bo‘lmagan holda chegara hududiga kirishlari tavsiya etiladi.

Rossiya Federatsiyasida yuqoridagi choralar bekor qilinmagunicha sayohatdan vaqtincha tiyilish tavsiya etiladi», — deyiladi Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.

Zarur hollarda Qirg‘iziston fuqarolari Qirg‘izistonning Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasidan tegishli yordam yoki maslahat olishlari mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring