Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonlik sayyohlar eng ko‘p Qirg‘iziston va Tojikistonga bormoqda

O‘zbekistonlik sayyohlar eng ko‘p Qirg‘iziston va Tojikistonga bormoqda

O‘zbekistonlik sayyohlar eng ko‘p Qirg‘iziston va Tojikistonga bormoqda. Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-noyabr oylarida qariyb 5,7 mln nafar o‘zbekistonliklar turistik maqsadlarda chet elga borgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,35 mln nafarga yoki 31,3 %ga oshgan.

Joriy yilning yanvar-noyabr oylarida turistik maqsadlarda chet elga ketgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:

Qirg‘iz Respublikasi – 2,7 mln nafar;

Tojikiston – 1,1 mln nafar;

Qozog‘iston – 888,6 ming nafar;

Rossiya – 275,1 ming nafar;

Turkiya – 214,2 ming nafar;

Saudiya Arabistoni – 166,4 ming nafar;

BAA – 114,7 ming nafar;

Misr – 41,3 ming nafar;

Quvayt – 34,3 ming nafar;

Koreya Respublikasi – 22 ming nafar;

Boshqa davlatlar – 160,8 ming nafar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring