Putin Zelenskiy bilan uchrashmoqchi bo‘lgani haqida gapirib berdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin jurnalist Pavel Zarubinga bergan intervyusida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashmoqchi bo‘lganini ma’lum qildi.
Uning aytishicha, Ukraina 2022-yilda prezidentlarning shaxsiy uchrashuvini talab qilgan, Putin bunga rozi bo‘lgan.
«Ukraina tomoni mojaroni ko‘rib chiqish va unga chek qo‘yishni taklif qilgan (kelishuv bitimlari loyihasida) faqat bitta band bor edi – ikki prezidentning shaxsiy uchrashuvi. Men bunga rozi bo‘ldim», dedi Putin.
Vladimir Putin Pavel Zarubinga bergan intervyusida 2022-yil bahorida qo‘shinlarni Kiyevdan olib chiqish to‘g‘risida qarori qanday qabul qilingani haqida gapirib berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Istanbul muzokaralari chog‘ida ba’zi yevropalik yetakchilar o‘zaro suhbatlarda Ukraina «o‘z poytaxtida urush olib borgan holda» tinchlik shartnomasini imzolashi mumkin emasligini, shundan so‘ng Rossiyaga o‘z qo‘shinlarini Kiyevdan olib chiqib ketish taklif qilinganini aytishgan.
«Rossiya o‘nlab yillar davomida shunday aldandi. Shunga qaramay, qon to‘kilishi va jiddiy urushning oldini olish maqsadida biz bunga rozi bo‘ldik va mart oyi oxirida Kiyevdan qo‘shinlarni olib chiqishni boshladik», — deya iddao qilgan Putin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter