Putin bosh vazirni ishdan olmaslikka qaror qildi
Vladimir Putin Rossiya prezidenti etib qayta saylanganidan so‘ng 2000 yil boshidan buyon bu lavozimda ishlab kelayotgan Mixail Mishustinni bosh vazir etib qayta tayinlashga qaror qildi.
Rossiya nashrlari Davlat Dumasi spikeri Vyacheslav Volodinga tayanib xabar berishicha, Putin juma kuni ertalab Mishustin nomzodini ilgari surgan. Davlat Dumasi allaqachon uni tasdiqlashga tayyor: kun tartibidagi ushbu masala bo‘yicha uchrashuv mahalliy vaqt bilan kunduzi soat ikkiga rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Mixail Mishustin boshchiligidagi Rossiya hukumati 7 may kuni Vladimir Putinning inauguratsiyasidan so‘ng iste’foga chiqishi xabar qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter