Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston TIV G‘azodagi dahshatli hujum bo‘yicha bayonot berdi

O‘zbekiston TIV G‘azodagi dahshatli hujum bo‘yicha bayonot berdi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi G‘azo sektoridagi «Al-Ahli» kasalxonasiga uyushtirilgan havo hujumiga munosabat bildirdi.

«G‘azo sektoridagi «Al-Ahli» kasalxonasiga uyushtirilgan havo hujumi oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani haqidagi xabarni chuqur qayg‘u bilan qabul qildik.

Bu dahshatli zo‘ravonlik harakatini keskin qoralaymiz va buni xalqaro gumanitar huquqning qo‘pol buzilishi deb hisoblaymiz.

Vafot etganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirgan holda, mojaro tomonlarini zudlik bilan harbiy harakatlarni to‘xtatishga hamda o‘t ochishdan tiyilishga chaqiramiz», deyiladi bayonotda.

Eslatib o‘tamiz, 18 oktyabrga o‘tar kechasi G‘azo sektoridagi «Al-Ahli» baptistlar shifoxonasiga Isroil tomonidan berilgan raketa zarbasi oqibatida 800 nafardan ziyod begunoh odam halok bo‘ldi. G‘azo sog‘liqni saqlash vazirligi halok bo‘lganlarning barchasi tinch aholi vakillari bo‘lganini ma’lum qilgan.

Dunyo hamjamiyati ushbu hujumni «dahshatli harbiy qirg‘in» va «insoniyat uchun sharmandalik» deb baholamoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring