O‘zbekiston Isroil qo‘shinlari Falastindan chiqib ketishini yoqlab ovoz berdi
BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan rezolyusiyaga ko‘ra, Isroil bir yil ichida Falastin yerlarini tark etishi kerak. Hujjatni qabul qilish uchun 124 davlat ovoz berdi, ular orasida O‘zbekiston ham bor.
Bosh Assambleya tomonidan qabul qilingan hujjat BMT sudi tomonidan Isroilning bosib olingan Falastin hududida mavjudligi noqonuniy deb topilgan maslahat xulosasiga asoslanadi.
Sud qaroriga ko‘ra, Isroil tomoni nafaqat bu hududlarni ozod qilish, balki aholi punktlarini qurish faoliyatini to‘xtatishi va yetkazilgan zarar uchun tovon pulini to‘lashi shart.
Isroil rezolyusiyani rad etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter